«Onam bilan o‘qiymiz» va «Dadam bilan o‘qiymiz» — bir muqova ostida 14 ta ertakni jamlagan, ikki tomonlama o‘qiladigan kitob!
Bir tomonida onangiz bilan o‘qish uchun yettita ertak joy olgan — xuddi onangizning o‘zi kabi mehribon, yoqimli va ta’sirli hikoyalar!
Ikkinchi tomonida esa dadangiz ovoz chiqarib o‘qib berishi uchun ayni muddao bo‘lgan, sho‘x va sarguzashtlarga boy yettita ertak bor! Kitobni istalgan tomonidan oching va qiziqarli hikoyalar, sarguzashtlar hamda ezgulikka to‘la sehrli olamga sayohatni boshlang!

