📘 Ona tili va adabiyot Milliy Sertifikat Testlayn — ona tili va adabiyot fanidan Milliy sertifikat imtihoniga tayyorgarlik ko‘ruvchilar uchun mo‘ljallangan zamonaviy o‘quv qo‘llanma.
Mualliflar: Sardir Islomov, Ortiqali To‘lanboyev, Javlon Norqulov.
Ushbu kitobda ona tili va adabiyot fanining muhim bo‘limlari tizimli tarzda yoritilgan. Qo‘llanmada imlo savodxonligi, o‘z va ko‘chma ma’no, sinonimlar, leksik birliklar, morfemika, qo‘shimchalar uslubiyati, fe’l so‘z turkumi, mustaqil va yordamchi so‘zlar, gap bo‘laklari, sintaktik birliklar, grammatik bog‘lanishlar hamda punktuatsiya kabi mavzular qamrab olingan.
Shuningdek, kitobda ilmiy matn, badiiy matn, g‘azal matni tahlili, yopiq savollar, qofiya, radif, raviy, she’riy san’atlar, ruboiy, tuyuq, qit’a kabi adabiyotga oid tushunchalar ham keltirilgan. Har bir mavzu 100 ta test savolidan iborat bo‘lib, o‘quvchilarga bilimlarini mustahkamlash va imtihon savollariga puxta tayyorlanishga yordam beradi.
Kitobda izohli lug‘at rukni ham mavjud bo‘lib, murakkab atamalarni tushunishni osonlashtiradi.
Ushbu qo‘llanma abituriyentlar, o‘quvchilar va ona tili hamda adabiyot fanidan bilimini mustahkamlashni istagan barcha o‘rganuvchilar uchun foydali manba hisoblanadi 📚.

