📝 Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiyaga puxta va tizimli tayyorlanishni xohlaysizmi?
“Ona tili va adabiyot attestatsiya: Diagnostik testlar” — o‘qituvchilarning bilim darajasini aniqlash, kamchiliklarini topish va imtihonga maqsadli tayyorlanishiga yordam beradigan amaliy to‘plam.
Kitob ikki bo‘limdan tashkil topgan:
1️⃣ Diagnostik testlar
✔️ 20 ta variant
✔️ 1000 ta standart test
✔️ Topshiriqlarning javoblari mavjud
2️⃣ Eng murakkab mavzular bo‘yicha qo‘llanma
✔️ Pedagogik mahorat
✔️ Testlarda eng ko‘p uchraydigan so‘zlar imlosi
✔️ She’riy san’atlar
✔️ Omonim qo‘shimchalar
To‘plamdan foydalanish orqali o‘qituvchi o‘z natijalarini mustaqil baholashi, xatolarini tahlil qilishi va qo‘shimcha shug‘ullanish zarur bo‘lgan yo‘nalishlarni aniqlashi mumkin. Nazariy hamda amaliy materiallarning bir kitobda jamlangani tayyorgarlik jarayonini yanada tartibli tashkil etishga xizmat qiladi.
📘 Kitob nomi: Ona tili va adabiyot attestatsiya: Diagnostik testlar
✍️ Mualliflar: Muhammad Haydarov, Shokir Tursun, Sarvinoz Nazarova, Mavluda Haydarova
📐 Format: A4
📄 Hajmi: 352 sahifa
📘 Til: o‘zbek tili
🏢 Nashriyot: Regbooks nashriyoti
👥 Kimlar uchun: ona tili va adabiyot o‘qituvchilari hamda attestatsiyaga tayyorlanayotgan pedagoglar

