Ushbu qo‘llanma milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanayotgan abituriyentlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ona tili va adabiyot fanining barcha asosiy yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Kitobda tilshunoslik nazariyasi, adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi, o‘qish savodxonligi, yozma savodxonlik, lingvistik va badiiy tahlil kabi mavzular keng yoritilgan.
Har bir bo‘limda amaliy topshiriqlar, testlar va tahliliy savollar keltirilgan bo‘lib, ular o‘quvchining nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda imtihonlarga puxta tayyorlanishiga yordam beradi.

