• A5 format
• 447 bet
• Javoblari bilan
• Yumshoq muqova
• Gazeta qog'oz
📚 Ona tili – millatning ruhi!
Til – davlat timsoli va millatning bebaho mulki sanaladi.
Tilni asrash va rivojlantirish – millatning yuksalishi demakdir.
Til va adabiyot nafaqat muomala vositasi, balki xalqning madaniyati, urf-odati, turmush tarzi va tarixi hamdir. Tilimiz va unga chambarchas bog‘liq bo‘lgan adabiyotimizni saqlab qolish uchun uni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlash zarur.
Aynan til tufayli insoniyat o‘z millati va xalqiga mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish va hurmat qilish tinchlikning muhim kafolatidir. Shu sababli har bir xalq o‘z tilining saqlanib qolishi uchun harakat qiladi.
O‘z ona tili va adabiyotini boyitgan xalq katta yutuqlarga erishishi mumkin. Shu bois biz ham tilimiz va adabiyotimizning rivoji uchun astoydil harakat qilishimiz lozim.
📖 Bugungi kunda ona tili va adabiyot fani
🔹 Fan olimpiadalari;
🔹 Akademik litsey va kasb-hunar maktablari;
🔹 Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari uchun eng muhim va keng tarqalgan fanlardan biri hisoblanadi.
Shuni inobatga olib, abituriyentlar va o‘quvchilarning fan bo‘yicha bilimlarini oshirish, mustahkamlash va adabiyotga o‘z hissasini qo‘shishi uchun ona tili fani bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan belgilangan me’yoriy talablar asosida tayyorlangan 3-qism test to‘plamimizni sizga taqdim etamiz.
📌 Testlarda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratilgan:
✅ Abituriyentning yordamchi so‘zlar, sintaksis va punktuatsiya mavzularini qanchalik darajada o‘zlashtirganini aniqlash;
✅ Abituriyentning ushbu mavzularni boshqa mavzular bilan bog‘lay olishi, ularni farqlashi, shu mavzular bo‘yicha nazariy va amaliy bilim darajasini aniqlash;
✅ Abituriyentning yordamchi so‘zlar (bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklama, taqlid, undov va modal so‘zlar), shuningdek, sintaksis mavzulari (so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi, birikmalari, bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar, qo‘shma gaplar, ajratilgan bo‘laklar, kiritma hamda undov gaplar va punktuatsiya qoidalari) bo‘yicha bilim darajasini tekshirish.
📚 Ona tilimizni sevaylik, asraylik va rivojlantiraylik! ✨

