• Tilshunoslik nazariyasi
• Adabiyot nazariyasi va adabiyot tarixi
• O'qish savodxonligi
• Lingvistik va badiy tahlil
• Yozma savodxonlik
Ona tili millat ruhidir. Til davlat timsoli va mulki sanaladi. Tilni asrash, rivojlantirish millatning yuksalishi demakdir. Til va adabiyot nafaqat muomala vositasi, balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi va tarixidir. Tilimiz va unga chambarchas bog'liq bo'lgan adabiyotimizning saqlanib qolishi uchun uni qo'llab-quvvatlash zarur. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa
mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish va hurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir. Shu sababli ham har bir xalq o'z tili saqlanib qolinishi uchun harakat qiladi. O'z ona tili va adabiyotini boyitgan xalq katta yutuqqa erishishi mumkin, biz ham shuning payida harakat qilmog'imiz lozim.
Sizga ma'lumki, umumtalim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etildi. Bu tizim orqali abituriyent va pedogoglar ma'lum imkoniyatga ega bolishi nazarda tutilgan. Xususan, abituriyentlar Rash modeli asosida hisoblanadigan maksimal 75 balldan 65 ball (86 foiz) to'plasa, A daraja bilan; 70+ ball (93,3 foiz) to'plasa, A+ daraja bilan oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball berish; pedogoglar 75 balldan 60 ball (80 foiz) to'plasa, amalda 20 foiz, 2024-yilning sentyabridan 50 foizlik ustamaga ega bo'ladi. (Asos: Vazirlar Mahkamasining 10.01.2024 dagi 17-son qarori) Shuni hisobga olib, "Regbooks" jamoasi va muallif Davron Akbar o'zbek tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun mo'ljallangan kitobni sizga havola etishadi.
Test kitobi quyidagi tekshiriladigan bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarga qaratilgan:
Tilshunoslik nazariyasi;
Adabiyot nazariyasi va adabiyot tarixi;
O'qish savodxonligi;
Lingvistik va badiy tahlil;
Yozma savodxonlik.

