“Ona tili fanidan mavzuli test topshiriqlari to‘plami” ning yangi nashri eskilaridan quyidagi jihatlari bilan tubdan farq qiladi:
✅ Ma’lumki, bu to‘plam o‘zbеk tili fanining barcha bo‘limlarini qamrab olgan bo‘lib, undagi test topshiriqlari soni oshirildi, ya’ni 6 600 taga yetkazildi.
✅ To‘plamga oxirgi yillarda test sinovlarida qo‘llangan test topshiriqlaridan namunalar ham kiritildi.
✅ To‘plamdagi test topshiriqlari fan mavzulari asosida izchillikda va ketma-ketlikda berildi, dasturga taalluqli bo‘lmagan test topshiriqlari olib tashlandi.
✅ To‘plamga matn asosidagi test topshiriqlaridan namunalar ham kiritildi.
✅ Test topshiriqlari mazmunan ham boyitildi, amalda o‘qitilayotgan va test topshiriqlari tuziladigan dastur va darsliklarga optimallashtirildi.

