• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2024 yil.
• Tuzuvchi: Samgin Qurbonov
• Sahifalar soni: 272
• Muqova: yumshoq.
• Til: o'zbek tilida
• Format: 84*108 1/16 (A4)
Ushbu testlar to‘plami o‘n yillik o‘qituvchilik va repetitorlik tajribalarimiz natijasida amaldagi darsliklar va UzBMBA spetsifikatsiyasi asosida tuzildi va to‘plandi.
Mazkur to‘plamga kiritilgan barcha test topshiriqlari, so‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida tushayotgan testlarni mavzularga bo‘lgan holda o‘zida aks ettiradi. Shu sababli, ushbu to‘plamdan o‘rin olgan test topshiriqlari o‘quvchilar, abituriyentlar va o‘qituvchilarda kirish imtihonlarida, shuningdek, ona tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlarining grammatika qismida taqdim etilayotgan testlar haqida to‘liq tasavvur hosil qilish va ularni yechish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Test topshiriqlaridan maktab o‘quvchilari, abituriyentlar va o‘qituvchilar fan olimpiadalari, oliy ta’lim muassasalari kirish imtihonlari va milliy sertifikat imtihonlariga tayyorlanishda foydalanishlari mumkin.

