Ushbu kitob ona bilan bo‘lgan munosabatlar insonning o‘zini qadrlashi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va katta hayotdagi baxtli munosabatlarni qurish qobiliyatiga qanday ta’sir qilishini tushunishga yordam beradi.
Muallif bolalikdagi ranjishlar va ruhiy jarohatlar nega yillar davomida insonning qarorlari, sevgini qabul qilishi, odamlarga ishonishi va chinakam baxtni his qilishiga to‘sqinlik qilishini sodda va tushunarli tarzda ochib beradi.
Kitob sahifalarida hayotiy misollar, tushunarli izohlar va amaliy tavsiyalar jamlangan bo‘lib, ular ichki to‘siqlardan xalos bo‘lishga, o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga, ayollik tabiatini ochishga hamda o‘zingiz va atrofdagilar bilan sog‘lom, uyg‘un munosabatlar qurishga yordam beradi.

