Roman qahramoni - hayvonot bog‘i o‘rtasidagi qafasga qamalgan telba odam. U kim - buni hech kim bilmaydi. Rang-barang bo‘rlarni yeb, u boshqalarning hayotidagi aql bovar qilmas mo‘jizalar haqida hikoyalar so‘zlab beradi.
Obrazli til, jonli qahramonlar, takrorlanuvchi ramzlar, xalq rivoyatlari va shirali maqollar o‘quvchi e’tiborini birinchi sahifadan oxirgisigacha ushlab turadi. Har kim roman syujeti bo‘ylab o‘ziga xos labirintdan o‘tayotgandek yo‘l bosadi. Tushmi yoki haqiqat? Hayotmi yoki o‘lim? Uydirmami yoki rost? Hayotimizda qachon taqdirni o‘zgartiruvchi hal qiluvchi qadam keladi?

