Ashobi kiromlar Rasululloh sollallohu alayhi va-
sallamni tasdik etdilar va johiliyatdan yuz burib, is-
lomga kirdilar. Ular tufayli Islom dini kuch-kuvvatli
bo'ldi, ravnaq topdi. Ashobi kirom roziyallohu anhumlar
Kur'on va sunnatni mahkam tutib, o'zlaridan keyingi um-
matlarga munosib tarzda etkazdilar. Ularning ham ora-
sida yana bir qancha ulug'zotlar borki, tarix kitoblarida
ushbu sahobalarga nisbatan "Asharai mubashshara" nomi
qo'llaniladi. Bu so'zning ma'nosi "xushxabar berilgan o'n
kishi" deganidir. Ularga Rasululloh sollalloxu alayxi
vasallam tirikliklaridayoq jannat xushxabarini berganlar.
Ushbu kitob ana shu o'n sahobaning umr yo'llarini
imkon qadar kengroq yoritishga, yosh avlod uchun munosib
ibrat-namuna qilib ko'rasatishga bag'ishlangan.

