"Sotilgan qizning taqdiri" asarining qahramoni Birlashgan Arab Amirliklarida yashovchi arab shayxining rafiqasi. Slavyan millatiga mansub bu ayol Rossiyada kambag'al oilada tug'ilgan. Olti yoshida ota-onasi uni chet elga sotishgan. U voyaga yetguncha shayxning xotini bo'lishga tayyorlanadigan uyda tarbiyalangan. U o'z xotiralarini Aysu nomi bilan yozgan.
Kitobda odam savdosi yovuzligiga bag'ishlangan yana bir asar ham bor: nepallik ayol Urmila Chaudharyning "O'n bir yillik asirlik".

