Gustav Lebon ushbu asarida inson katta guruh yoki omma tarkibiga kirganda uning fikrlashi va xatti-harakatlari qanday o‘zgarishini tahlil qiladi. Muallif ommaviy ongning shakllanishi, hissiyotlarning tez tarqalishi va odamlarning umumiy kayfiyat ta’siriga tushib qolishi sabablarini tushuntiradi.
Kitobda yetakchilarning roli, ishontirish va ta’sir o‘tkazish usullari, jamoaviy qarorlar, ommaviy qarashlarning shakllanishi hamda shaxsning omma ta’siriga berilishi kabi mavzular ko‘rib chiqiladi. Asar psixologiya, sotsiologiya, marketing, reklama, liderlik va insonlar bilan muloqot qilishga qiziqadigan kitobxonlar uchun foydali.

