2012-yildan buyon elektron shaklda omma e’tiboriga havola qilib kelinayotgan «Omina» jurnalining ilk soni nashr qilinib, sotuvga chiqdi.
Jurnalda o‘n beshdan ortiq ruknlar, jumladan, tafsir, hadis, fiqh, ayollarga hos masalalar, savol-javoblar, oila ahkomlari, maslahatlar, farzand tarbiyasi, buyuk shaxsiyatlar haqidagi ma’lumotlar, uy-ro‘zg‘or ishlariga oid ruknlar bor.
Ushbu «Omina» jurnali siz aziz o‘quvchilar sevib o‘qiydigan jurnallar sirasidan o‘rin oladi degan umiddamiz.

