Immunitetni mustahkamlaydi, bakterial va virusli nafas yo‘llari infeksiyalarining rivojlanish xavfi, og‘ir kechishi va davomiyligini, shuningdek surunkali yallig‘lanish kasalliklarini kamaytiradi.
Miya faoliyati samaradorligini qo‘llab-quvvatlaydi, xotira va diqqatni jamlash qobiliyatini yaxshilaydi, jumladan, yuqori aqliy yuklamalarda. Miya bilan bog‘liq yoshi katta odamlarda uchraydigan kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Serotonin sintezida ishtirok etadi, hissiy holatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, stressni yengilroq boshdan kechirishga yordam beradi.
Yurak-qon tomir tizimi salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, qon tomirlar elastikligini qo‘llab-quvvatlaydi, qonning quyuqligini kamaytiradi va tromb hosil bo‘lishining oldini oladi. Qon bosimini me’yorlashtiradi, infarkt va boshqa yurak-qon tomir kasalliklari xavfini pasaytiradi.
Modda almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi, yog‘ va uglevodlar almashinuvini me’yorlashtiradi. Qondagi shakar va xolesterin miqdorini kamaytirishga, semirish va aterosklerozning oldini olishga yordam beradi.
Antioksidant xususiyatga ega, oksidlanish stressining organizmga salbiy ta’sirini kamaytiradi va qarish jarayonini sekinlashtiradi — anti-age effekti.
Terni tashqi omillarning zararli ta’siridan himoya qiladi, unda namlikni saqlashga yordam beradi. Terining elastikligi va yoshlik holatini qo‘llab-quvvatlaydi, quruqlik va qipiqlanishni bartaraf etadi, soch salomatligi va tashqi ko‘rinishini yaxshilaydi.
Kalsiy va fosforning o‘zlashtirilishiga yordam beradi, suyak to‘qimasi almashinuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, suyaklar va tishlarni mustahkamlaydi, osteoporoz rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Erkak va ayollarning reproduktiv tizimi salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi.

