Xususiyatlar
Dokozageksaen kislota (DHA, DGK) - muhimlik darajasi bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallaydi, uning miqdori yog‘li baliqlar va turli dengiz mahsulotlarida eng ko‘p. Kislota yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishining oldini oladi, moddalar almashinuvini rag‘batlantiradi, hissiy muhitni tartibga soladi.
Eykozapentayen kislotasi (EPA, EPK) - faqat hayvon mahsulotlarida, asosan mol go‘shti, yog‘li baliq va dengiz mahsulotlarida bo‘lishi mumkin. Eykozapentayen kislotasi organizmimizning antioksidant xususiyatlarini oshirish orqali immunitetni mustahkamlaydi.
Omega-3 - bu ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalari guruhi. Ularning asosiy vazifasi barcha ichki organlar hujayralarini shikastlanish va yemirilishdan himoya qilishdir. Omega-3 yog‘ kislotalari inson organizmiga shubhasiz ta’sir ko‘rsatadi. Ular miyaning to‘laqonli ishlashi, qon aylanishi, asab tizimi, moddalar almashinuvining to‘g‘ri borishi uchun muhimdir. Omega-3 immun tizimini rag‘batlantiradi, yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega, bakteriya va viruslardan tabiiy himoya to‘sig‘ini mustahkamlaydi, to‘qima va hujayralarga kislorod yetkazib beradi, barcha biokimyoviy hujayra jarayonlarida ishtirok etuvchi gormonlar ishlab chiqarilishini faollashtiradi. Omega-3 qarish jarayonlarini sekinlashtiradi, ishtahani pasaytiradi va ochlik hissini bostiradi, diqqatni, xotirani yaxshilaydi, quvonch gormoni almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi, hissiy zo‘riqishni kamaytiradi. Soch, teri, tirnoqlar salomatligini saqlashga yordam beradi, homiladorlikni rejalashtirishda organizmni tayyorlashga ko‘maklashadi, shuningdek, homiladorlik davrida homilaning to‘g‘ri rivojlanishiga ko‘maklashadi.

Qo‘llanish sohasi:
"Omega 3 Fish Oil MD" oziq-ovqatga BFQ Omega-3 to‘yinmagan yog‘ kislotalarining qo‘shimcha manbai sifatida tavsiya etiladi. Omega-3 immun tizimini rag‘batlantiradi, soch, teri, tirnoqlar salomatligini saqlashga yordam beradi, diqqat va xotirani yaxshilaydi, quvonch gormoni almashinuvi jarayonlarida ishtirok etib, hissiy zo‘riqishni kamaytiradi.
Qo‘llash usuli va dozalari:
Ichkariga. Kattalarga 1 kapsuladan kuniga 3 mahal ovqatlanish vaqtida ichish tavsiya etiladi. Qabul qilish muddati: 1 oy. Yiliga 2-3 marta takrorlash tavsiya etiladi.
Qarshi ko‘rsatmalar
Mahsulot tarkibiy qismlarini shaxsiy ko‘tara olmaslik, homiladorlik, emizish. Qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
BFQ dori vositasi emas!
Bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlang.
Tavsiya etilgan dozalardan oshirmaslik.
Qo‘llashdan oldin mutaxassis maslahati tavsiya etiladi.
Saqlash shartlari
+25 oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.

