Omega 3-6-9 — organizmning himoya funksiyalarini rag‘batlantiradi, immunitetni mustahkamlaydi, chidamliligini oshiradi va bakterial hamda virusli kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Shuningdek, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatib, surunkali yallig‘lanish kasalliklari rivojlanish xavfini pasaytiradi.
Teri yuzasini tashqi zararli omillardan himoya qiladi va terida namlikni saqlashga yordam beradi. Terining elastikligi va yoshligini qo‘llab-quvvatlaydi.
Yurak-qon tomir tizimi sog‘lig‘ini mustahkamlaydi. Qonda xolesterol darajasini kamaytirishga, ateroskleroz va uning asoratlari rivojlanish xavfini pasaytirishga yordam beradi. Qonning yopishqoqligini kamaytirib, qon quyqalarining hosil bo‘lishini oldini oladi.
Metabolizmni yaxshilaydi, yog‘larni yo‘qotishga va mushak massasini oshirishga ko‘maklashadi.

