Oltinrang Humo qushi tasviri va «Fikr. Maqsad. Harakat.» yozuvi bilan bezatilgan yuqori sifatli qora kundalik. Fakturali muqova va uning chap chetidagi bo‘rtma naqsh kundalikka nafis ko‘rinish beradi.
Ichida taqvim va 365 kun uchun rejalashtirish sahifalari mavjud. Sanali, chiziqli kremrang sahifalar va soatlar bo‘yicha ajratilgan qatorlar uchrashuvlar, vazifalar hamda kundalik rejalarni yozish uchun qulay. Muhim qaydlar uchun alohida bo‘lim, kerakli sahifani tez topish uchun esa qora xatcho‘p tasmasi mavjud.
Kundalik ish, o‘qish va shaxsiy qaydlar uchun mos. Yuqori sifati va nafis dizayni tufayli hamkasblar hamda yaqinlar uchun yaxshi sovg‘a bo‘la oladi.

