XX asrning oltmishinchi yillaridan boshlab o‘zbek adabiyoti yangi davrga qadam qo‘ydi. Bu davrga kelib shaxsga siginish illatlarining qoralanishi adabiyot ahli ijodiga nisbiy erkinlik ato etdi. Ijodkorlarimiz o‘z asarlarida badiiylikka, qahramon ruhiyati qirralarini haqqoniy tasvirlashga harakat kila boshladilar. Bundan ham muhimi, urushdan keyingi qatag‘on siyosatining kurbonlari bulgan ziyolilar, adib va shoirlar ozodlikka chikdilar. Ularning ijodkorlik maqomi tiklanib, ijod bilan shug‘ullanish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ana shunday iste’dodli adiblarimizdan biri Shuxrat edi. Shuhrat ham ko‘plab tutqunlar qatori erkinlikka chiqqach «Oltin zanglamas», «Shinelli yillar» asarlarini yaratdi. Katta mehnat evaziga tayyorlangan «Oltin zanglamas» romani kitobxonlarga adib ijodining mukammal namunasi bilan tanishish imkoniyatini beradi

