Olmos kamar, Pirimqul Qodirov, roman
«Olmos kamar» romanida Abror va Sherzodning ma'naviyat, kasb, ruhiyat, shuurdagi kurashlarini, hayot, jamiyat, oila, el-yurtga qarashlari aro ziddiyatlarni ko'rsatish asosiga qurilgan. Ularning ikkovi ham arxitektor - yangi shahar bunyod etuvchi, uni obodonlashtiruvchi mutaxassis. Lekin tarbiyasi, tabiati, burch va mas'uliyatga munosabati, muhabbatga, oilaga qarashda farq kuchli. Abror elparvar, adolatgo'y, maydonlarga ko'rk berishda milliy udumlarimiz, an'analarimizga rioya qilish tarafdori. Bahrom esa ishni oʻzboshimchalik bilan do'ndirishga moyil. Yozuvchi ularni murakkab kechinmalar, iztiroblar, adashishlar, to'g'ri yo'lni topa olish natijasidagi yoniq quvonchlar ichida ko'rsatadi.

