Qotillik! Rahim Saidovning bir maromda kechayotgan hayotida tub burilish yuz berdi. Mudhish jinoyat uning suyukli rafiqasini hayotdan erta olib ketdi. Hali ayoli tuprog‘i sovushga ulgurmay, baxtsiz erkakni taqdirning navbatdagi zarbalari esankiratib qo‘ydi. Jinoyat tekshiruvi ayolining shu damgacha undan yashirib kelgan sirlarini yuzaga chiqardi. Aza ochib qayg‘usiga botib o‘tirishi kerak bo‘lgan Rahim Saidov yechimsiz jumboqlar ortidan iz olishiga to‘g‘ri keldi. Kim biladi, agar fojia yuz bermaganida, u ayolini o‘zi o‘ylagancha to‘kis bila olarmidi? Mazkur jumboqlar uni qanday kutilmagan voqealarga yetaklar ekan?
Asarning ilk sahifasiyoq kitobxonni o‘ziga ipsiz bog‘lab oladi. Kitobxonni Rahim Saidovning sarguzashtlariga oshno bo‘lishga taklif etamiz.

