Qotillik! Hayoti iziga tushib borayotgan Rahim Saidovning taqdirida kutilmagan burilish yuz beradi. Dahshatli jinoyat uning suyukli rafiqasini bevaqt hayotdan olib ketadi. Yaqin insonidan ayrilish alamini ham to‘liq his etishga ulgurmay, taqdir unga yana yangi sinovlarni tayyorlaydi.
Jinoyat yuzasidan olib borilgan tergov davomida ayolning shu paytgacha eridan yashirib kelgan sirlari birin-ketin oshkor bo‘la boshlaydi. Motamga cho‘mib, dardini yengishga urinayotgan Rahim Saidov esa javobsiz qolgan jumboqlar izidan borishga majbur bo‘ladi. Agar bu fojia yuz bermaganida, u sevgan ayolini rostdan ham to‘liq tanigan bo‘larmidi? Ushbu sirlar unga qanday kutilmagan haqiqatlarni ochib beradi?
Asarning ilk sahifalaridanoq voqealar kitobxonni o‘ziga rom etadi va oxirigacha qiziqishni saqlab qoladi. Sizni Rahim Saidovning sirli va hayajonli sarguzashtlari bilan tanishishga taklif qilamiz.
ISBN: 978-9943-9726-0-7
Qog‘oz formati: A5
Muqova: Yumshoq
Betlar soni: 160
Nashr yili: 2023
Nashriyot: Turon Zamin Ziyo
Yozuvi: Lotin alifbosi
Tili: O‘zbekcha

