6 oylikdan boshlab qo‘shimcha ovqatlanish menyusini kengaytirish va chaqaloqni yangi ta’mlar bilan tanishtirish uchun olma va bananli sutli ko‘p donli bo‘tqa.
NESTLÉ® bo‘tqalaridagi MULTI-FOYDA — bu har bir idishdagi g‘amxo‘rlikning 4 o‘lchami:
1. BL probiotigi: ichak mikroflorasi va immunitet uchun foyda;
2. Rux va kalsiy, C, D vitaminlari: chaqaloqning sog‘lom o‘sishi va jismoniy rivojlanishi uchun;
3. B guruhi vitaminlari va temir: miya va kognitiv rivojlanish uchun;
4. Chaqaloq yoshiga moslashtirilgan bo‘tqaning mayin, bir xil teksturasi.
Palma yog‘isiz. Tarkibidagi raps va kungaboqar moylari Omega-3 va Omega-6 yog‘ kislotalariga ega.
NESTLÉ® bo‘tqalari bilan birga chaqaloqqa sog‘lom o‘sish va rivojlanish uchun zarur bo‘lgan ozuqalarni berish shunchalar oson!
MUHIM ESLATMA: Ko‘krak suti — go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar uchun eng yaxshi oziq. Biz dastlabki 6 oy davomida faqat ko‘krak suti bilan emizishni, so‘ngra ko‘krak suti bilan emizishni 2 yoshgacha va undan ko‘proq davom ettirgan holda qo‘shimcha ovqat kiritishni tavsiya etamiz. Ko‘krak sutining o‘rnini bosuvchi mahsulot emas. Mutaxassis maslahati talab etiladi.

