• Hajmi: 200 g
6 oylikdan katta bolalarni ovqatlantirish uchun olma va banan qo‘shilgan sutli multiflok bo‘tqasi.
Nestlé® bo‘tqasi ovqat hazm qilishni normallashtirish, sog‘lom mikroflorani ko‘paytirish va immunitetni mustahkamlashga yordam beradigan BL probiotigi bilan boyitilgan bo‘lib, bu qo‘shimcha ovqatlanish davrida juda muhimdir. Bitta porsiya bolaning sog‘lom o‘sishi va rivojlanishi uchun vitaminlar va mineral moddalar majmuasini o‘z ichiga oladi. Tarkibida shakar qo‘shilmagan, bu esa chaqaloqning yoshligidan to‘g‘ri ovqatlanish odatlarini shakllantirish va sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilishga yordam beradi. Don va mevalarning yoqimli ta’mi chaqalog‘ingizni xursand qiladi. Palma moyisiz.
MUHIM ESLATMA: Biz ko‘krak suti bilan oziqlantirish chaqaloqlar uchun ovqatlanishning eng yaxshi boshlanishi deb hisoblaymiz va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining hayotning dastlabki olti oyi davomida faqat ko‘krak suti bilan oziqlantirish va keyinchalik ikki yoshgacha ko‘krak suti bilan oziqlantirishni davom ettirish bilan to‘g‘ri ozuqaviy qo‘shimcha ovqatlanishni joriy etish bo‘yicha tavsiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Mutaxassis bilan gaplashishni maslahat beramiz
Tayyorlash/ishlatish bo‘yicha tavsiyalar:
Qaynatmang! Bolani toza qoshiq bilan ovqatlantiring. Bo‘tqani bevosita har bir ovqatlantirishdan oldin tayyorlash kerak. Qadoqdagi ko‘rsatmalarga amal qiling. Oziqlantirishdan keyin qolgan bo‘tqani saqlamang. Yangi mahsulotni iste’mol qilishni 1 choy qoshiqdan boshlab, asta-sekin kerakli hajmgacha oshirib boring.






