«Olimlarning ayollari» asarida islom tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk zotlarning juftlari haqida qimmatli ma'lumotlar jamlangan. Kitobda ularning ilm ahliga ko‘rsatgan yordami, farzand tarbiyasidagi o‘rni, sabr-toqati va vafodorligi yorqin misollar bilan bayon etilgan.
Mazkur kitob zamonaviy trendlar ortidan quvishdan ko‘ra, komil insonlar va buyuk olimlarni tarbiyalagan mard onalar, oqila va vafodor juftlarning hayotidan ibrat olishni istovchilar uchun mo‘ljallangan. Asar muslima opa-singillarimiz uchun foydali nasihatlar va hayotiy saboqlarga boy.

