Qizining o‘limidan xabar topgan ota kuyovining uyiga keladi. U esa turmush o‘rtog‘ining qorniga atigi bir musht urganini aytadi. O‘sha bir musht balki ayolning o‘limiga sabab bo‘lgandir? Marhumani dafn etishga esa ularning vaqti yo‘q. Balki, yaqinlari ayolning o‘limiga beparvo bo‘lgan uchun ham yozuvchi bu fojeani o‘limdan keyingi o‘lim deb nomlagandir?
Shuningdek, ushbu to‘plamdan iste’dodli adiblarning bir qator hikoyalari ham o‘rin olgan.

