Barcha jonzotlarni yo‘qdan bor qilgan, ularga bu tiriklik
dunyosida rizk bergan va maʼlum bir vaqtdan keyin vafot et-
tiradigan Zot Alloh taolodir. Xususan, insonlar ham bu hayoti
dunyoda foniydir. Har bir insonga qancha umr va kanday rizk
tegishini faqat Allohning O‘zi biladi. Inson maʼlum vaqt
dunyoda bo‘lganidan so‘ng Mangu Hayot – oxirat diyoriga o‘tadi.
U yerda esa insonni bu hayoti dunyoda qilib o‘tgan ishlarining
mukofoti yoki jazosi kutadi. Qo‘lingizdagi ushbu kitob, ana
shu oxirat diyoridagi jazo va mukofotlar - jannat va do‘zax
xakida xabar beradi.

