📚 Xalq donishmandligi — avlodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho xazina!
«Olim bo‘lsang, olam seniki» — «Mening birinchi kitobim» turkumiga mansub, bolalarni o‘zbek xalq og‘zaki ijodining eng sara namunalaridan biri bo‘lgan maqollar bilan tanishtiruvchi kitob.
Nashrdan turli mavzularga oid o‘zbek xalq maqollari o‘rin olgan. Har bir maqolda xalqimizning boy hayotiy tajribasi, dono fikrlari va ibratli qarashlari mujassam. Ixcham, mazmunli va esda qolarli hikmatlar bolalarni xalqimizning ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qiladi.
🌱 Ushbu kitob yosh kitobxonlarning xalq og‘zaki ijodiga qiziqishini oshirish, maqollar orqali hayotiy hikmatlarni o‘rganish va milliy qadriyatlarimiz bilan tanishish uchun ajoyib tanlovdir.
Kitob haqida:

