Asarda Chichikov ismli qahramonning qog‘ozda mavjud bo‘lib, hayotda yo‘q bo‘lgan “o‘lik jonlar”ni sotib olish orqali boylik orttirish rejasi tasvirlanadi. Gogol bu asar orqali jamiyatdagi poraxo‘rlik, ochko‘zlik va ma’naviy tanazzulni keskin tanqid qiladi.

