Larisa Belozerovaning hayotida qora kunlar boshlandi: u olib boradigan teleko‘rsatuv reytingi pastligi sababli yopildi, eri boshqasini sevib qoldi, bor-bud jamg‘armasi esa kommunal uydagi qo‘shnilarining xonalarini sotib olishga sarf bo‘ldi. Na ish, na oila, na pul qoldi… Chalg‘ish umidida Lara o‘zining yangi xonadonida ta’mirlash ishlarini boshladi… va g‘isht bilan urib tashlangan kamin o‘rnidan odam skeletini topib oldi!
Lara mustaqil jurnalistik surishtiruv o‘tkazishga va buni o‘zining yangi ko‘rsatuviga mavzu qilishga qaror qildi. Unga ma’lum bo‘lishicha — o‘sha uzoq o‘tmishdagi jinoyatga Olmoniya razvedkasi arxividan olingan maxfiy papka sabab bo‘lgan. Ko‘p o‘tmay, Lara bilan birga ishlayotgan operator aynan o‘sha mash’um xonadonda o‘ldirib ketildi… Kimdir bu papkani qo‘lga kiritishni shunchalik xohlaganki, har qanday qabihlikka tayyor edi. Biroq hujjat Laraning qo‘liga tushdi, endi esa qaror qabul qilish uning ixtiyorida: hujjatni yo‘q qilish kerakmi yoki ommaga oshkor etish, jazolashmi yoki kechirish…
Yumshoq muqova
Qog‘oz rangi: eko (sarg‘ish)
Sahifalar soni: 263
Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatchaga qo‘shing 📚
Kitob rus tilida
Xatcho‘p (zakladka) bonus sifatida qo‘shib beriladi
To‘liq tavsifni o‘qib chiqing 😊

