📚 Uy yolg‘iz ayol uchun juda katta edi, ammo Klavdiya unda yashashda davom etdi. Chunki bu uyni uning o‘g‘li qurgan edi… To‘yiga uch kun qolganda halok bo‘lgan o‘g‘li.
Yolg‘izlikdan qochish uchun Klavdiya o‘zini do‘stlar davrasiga o‘radi. Ularning har biri bilan esa o‘z o‘limi haqida gaplashardi. U o‘limdan qo‘rqmasdi, lekin uni yaqinlashtirishni ham istamasdi. Klavdiya yana besh yilcha yashab, keyin yurak xurujidan vafot etishni rejalashtirgandi. Ammo taqdir boshqacha qaror qildi — u ancha oldin vafot etdi.
Eng dahshatlisi esa, Klavdiya tabiiy o‘lim bilan emas, qotillik qurboni bo‘ldi. Uni aqldan ozib qolmaslik uchun yoniga to‘plagan insonlardan biri o‘ldirgan edi...
🔎 Buni kim qildi?
• Eng yaqin dugonasimi?
• Kelin bo‘lishga ulgurmagan bo‘lajak kelinimi?
• Yillar davomida javobsiz muhabbat bilan yashagan eski muxlisimi?
• Merosxo‘r bo‘lishni orzu qilgan yagona qarindoshimi?
• Yoki uzoq yillardan beri alam saqlab kelgan va Klavdiya allaqachon unutib yuborgan insonmi?
📖 Sirli voqealar, kutilmagan burilishlar va har bir qahramonni gumondorga aylantiradigan qiziqarli detektiv asar!
📚 Yumshoq muqova
📄 Qog‘oz turi: eko
📖 Sahifalar soni: 242
🇷🇺 Kitob rus tilida
🔖 Zakladka — bonus sifatida
🛒 Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatga qo‘shib qo‘ying!
😊 To‘liq tavsifni o‘qib, sirli voqealar olamiga sho‘ng‘ing!

