«Raqamlar va sanash» nomli ushbu kitobcha kichik yoshdagi bolalarni raqamlar va sanash asoslari bilan tanishtiradi. O‘yin shaklida tuzilgan vazifalar orqali bola 1 dan 10 gacha sanashni, raqamlarni tanishni o‘rganadi hamda o‘rganganlarini stikerlar yordamida mustahkamlaydi.
Har bir topshiriq yorqin rasmlar bilan bezatilgan va bola e’tiborini, tafakkurini hamda mayda motorikasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

