O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti sohibi Shukur Xolmirzaev o‘zbek adabiyotining rivojiga munosib hissa qo‘shgan adiblarimizdan biridir.
Oldindan aytish mumkinki, bu roman mutolaasi inson taqdiri haqida sizni mulohazaga chorlaydi. Ultonning beg‘ubor muhabbati toptalib, hayoti izdan chiqadi. Romanni o‘qir ekansiz, qahramonlar taqdiri sizni befarq qoldirmaydi. O‘ylaymizki, bu asar mutolaasi sizni zeriktirib qo‘ymaydi.

