Oldingizda Oksana Solodovnikovaning “Nasl kuchi” va rasstanovkalarni qo‘llashga bag‘ishlangan uchinchi kitobi. Aynan ushbu kitobda muallif so‘nggi uch yil davomida o‘quvchilar, trening va kouching ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarni umumlashtirgan.
Muallif hayotdagi ko‘plab vaziyatlarni hal qilishga yordam beradigan amaliy mashqlarni taklif etadi. Aynan shu amaliyotlar sizga o‘z naslingiz bilan bog‘liq ko‘rinmas aloqalar olamini ochib beradi. Ular sog‘liq, munosabatlar yoki moliyaviy muammolarning ildizi qayerdan kelib chiqishini tushunishga yordam beradi. Bundan tashqari, ular orqali siz hayotiy energiyangiz sarflanib ketayotgan holatlarni aniqlab, oilaviy-nasliy tizimdan kelib chiqadigan va maqsadlaringizga erishishga xalaqit beradigan xulq-atvor takrorlanishlaridan xalos bo‘lishingiz mumkin.
Kitob bilan ilk qadamlar sizga o‘z naslingizdan qo‘llab-quvvatlash, kuch va hatto yordam olishga, hayotingiz va faoliyatingiz uchun yangi energiya topishga, yangi imkoniyatlarni ochishga va hayotdan ayni damda zavqlanishga yordam beradi.
Nima bo‘lishidan qat’i nazar, hayot davom etadi. Ushbu kitob esa uni yangi ranglarga boyitish va farzandlaringizga yoki boshqalarga ham shu yo‘lda yordam berish uchun ilk qadamdir.
📕 Yumshoq muqova
📄 Qog‘oz rangi: eko
📑 Sahifalar soni: 175
🛒 Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatga qo‘shing 📚
🎁 Zakladka bonus sifatida
To‘liq tavsifni o‘qing 😊

