Mavlono hayoti voqealari asosiga qurilgan bu roman ilk satrlaridanoq o‘quvchini shunchalar maftun etib qo‘yadiki... Beixtiyor savol tug‘iladi: nimasi bilan bunchalar qiziq bu zoti sharifning hayoti?
Bunda bir ishq bor, ishqdan yuqori. «Ilm ishqqa yo‘g‘rilgan on yo‘llar qisqaradi», deydi Mavlono.
Men tog‘manu har giyoh sendin,
Men suratu andagi siyoh sendin.
Mendin keladir dema bu so‘zlar aslo,
Qulf ochsa, kalitdin chiqar oh sendin.
Bul ishqni yolg‘iz aql bilan anglab bo‘lmaydi. «Kitob o‘qishdan oldin o‘zimizni o‘qishni o‘rganaylik», deganda Rumiy hazratlari shuni nazarda tutgan bo‘lsa ajab emas.«Mavlono» asari Jaloliddin Rumiy muxlislari uchun ajoyib tuhfa bo‘ladi, degan umiddamiz.

