• 190 bet
• o'zbek tilida
• lotin yozuvida
• qattiq muqov
Abdulla Qahhor hikoyalarida hayotdagi va inson tabiatidagi turli-tuman nuqsonlarni tanqid etgan. Odamzod mavjud ekan, bahillik, johillik, ochko‘zlik, maqtanchoqlik, hudbinlik va boshqa qusurlar, albatta, yashaydi. Bu qusurlar kimdadir kamroq bo‘lishi mumkin, lekin bu illatlar insonning qadr-qimmatini pastga uradi, chinakamiga barkamol bo‘lishiga halaqit beradi. Jahon adabiyoti namunalarida bunday masalalar doimo dolzarb bo‘lgan.
Abdulla Qahhor hikoyalarida satirik va yumorist sifatida o`z talantining yangi qirrasini namoyish qildi. Unda kulgichilikka tamoyili zo`r edi. Buni juda ko`p asarlari aytib turibdi. U zomonga o`z idealini, davr nafasini qarshi qo`yadi, asarlarining mazmuniga, xarakterlarning mohiyatiga kulgini, masxarani singdirib yuborish bilan uning jamiyatdagi ulkan kuchini, ijobiy xarakterini yaqqol ko`rsatadi. Abdulla qahhorni novellachilikda ulkan muvaffaqiyatlarga olib kelgan omillardan yana biri – uning mumtozlardan, ayniqsa, rus adabiyotidan o`qisho`rganishi bo`ldi. “Ulug’ san`atkorning ijodi, – deb ta`kidlagan edi shoir, – badiiy mahoratimni oshirishda katta maktab bo`ldi”.
Adib hikoyalari o’zining ixcham va ravonligi bilan qalbga oson va tez kirib bora oladi. Sababi yozuvchining aksariyati tabiiy, hamda o’ta tushinarli. A.Qahhor xalq tilini benihoya yaxshi bilar, qadrlar va unga ma’sulyat bilan yondoshar edi. Asarlarida birorta so’z ochiqchaligi sezilmasdi, ixcham ibolardan tashkil topgan tasvirlar ma’nodorligi bilan istalganidan ko’proq mazmun kasb etadi.

