Alloh taolodan bu kitobni avvalo o‘zimga,
qolaversa, barcha musulmonlarga manfaatli
qilishini so‘rayman. Er-xotin o‘rtasidagi va
umuman oiladagi kelishmovchiliklar barxam
topib, oilaviy totuvlik, baxt-saodat xukm
surishini Allohdan duo qilib so‘rayman.
Alloh niyatlarimizni biladi, tavfiq va hidoyat
Uning qo‘lida, O‘zi to‘g‘ri yo‘lga yo‘llasin.
Allohga tavakkul qildim.
Payg‘ambarmizga, u zotning oilalari va
asʼhobi kiromlariga salavot va salomlar bo‘lsin.

