Jeyms Xyuzning ushbu kitobi oilaviy kapitalni boshqarish, saqlash va kelajak avlodlarga yetkazish tamoyillariga bag‘ishlangan. Muallif oiladagi insoniy, intellektual va moliyaviy aktivlarni asrash hamda ko‘paytirish bo‘yicha amaliy strategiyalarni taklif qiladi. Kitobda psixologiya, antropologiya, falsafa, iqtisodiyot, siyosiy tarix va huquq sohalaridagi qarashlardan foydalanilgan. Asar oilaviy kapital bilan ishlaydigan mutaxassislar hamda oilaviy boylikni samarali boshqarishga qiziqadigan keng kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.

