Oila“ (chigʻatoycha: العائلة) — oʻzbek adibi hamda olimi Abdurauf Fitrat tomonidan 1914-yilda yozilib, 1915-yilda Mirzo Abduvohid Munzim tomonidan nashrga tayyorlangan, 1916-yilda esa Bokuda nashr etilgan falsafiy-axloqiy turdagi asar[1]. Adib ushbu asari orqali Turkiston aholisi uchun oʻziga xos qoʻllanma yaratishni maqsad qilgan[2]. Asar ikki qismdan iborat boʻlib, birinchi qismi uylanish xususida boʻlib, ikkinchi qismi esa farzand tarbiyasiga bagʻishlangan[

