Tushkunlikka tushma! Haqli insonlar aslo yengilmay-
di. Allohning adolat tarozisi hech qachon adashmaydi.
Sen umidni mahkam ushlagan holda yashashda davom et.
Birinchi raundda ular g'alaba qilgan bo'lsa-da, oxir-oqi-
bat havoga ko'tariladigan qo'l seniki boʻladi.
Ranjima! Har qiyinchilik ortida yengilliklar bor. To'g'-
ri, bugun hayot o'z tikanlarini senga sanchib, ozor bera-
yotgan bo'lishi mumkin. Biroq ertaga, albat-ta, gulini
ham hidlatadi. Bugun taqdir joningni ko'proq og'ritib
yuborgan bo'lsa, ertaga seni dunyodagi eng baxtli odam-
ga aylantiradigan syurprizlar ham tuhfa etadi.

