«O‘g‘limni tarbiyalayapman» kitobi farzand tarbiyasining eng muhim va masʼuliyatli davrlarini — go‘daklikdan boshlab 24 yoshgacha bo‘lgan hayot bosqichlarini qamrab olgan amaliy qo‘llanmadir. Muallif har bir yosh davrida bolaning jismoniy o‘sishi, ruhiy holati, fikrlash qobiliyati va axloqiy tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratadi.
Asarda bolaga mehr bilan munosabatda bo‘lish, intizomni to‘g‘ri shakllantirish, masʼuliyat hissini uyg‘otish, ilmga muhabbatni oshirish hamda hayotga tayyorlash borasida qimmatli maslahatlar berilgan. Shuningdek, o‘smirlik va yoshlik davrida uchraydigan qiyinchiliklar, bola bilan muloqot qilish usullari va muammolarni to‘g‘ri hal etish yo‘llari ham yoritilgan.
Kitob ota-onalarga farzandni maʼnaviy barkamol, axloqan pok va mustaqil fikrlaydigan shaxs sifatida tarbiyalashda ishonchli yo‘ldosh bo‘ladi.

