• og'iz bo’shlig’ini yuvish
ODONTA-MСARE
Odonta-Mсare kuchli biriktiruvchi ta'sirga ega foydalanishga tayyor holatida og'iz bo’shlig’ini yuvish, chayish vositasi. Tish milklarining qon ketishi va yallig'lanishining oldini oladi. Doimiy antibakterial ta'sirni ta'minlaydi.
100 ml eritma tarkibi:
Glitserin - 10 g,
Ksilitol -5 g,
Etanol (etil spirti) 96% - 0,2 ml,
Yalpiz efir moylari -0,03 ml,
Evkalipt efir moylari - 0,01 ml,
Xlorgeksidin biglyukonat - 0,2 ml,
Natriy benzoat - 0,2 g,
Moychechak gullari damlamasi - 0,5 ml,
Rang beruvchi va xushbo'ylashtiruvchi - 0,05 g,
Tozalangan suv 100 ml gacha.
Xususiyatlari:
Xlorgeksidin faol moddasi bilan og'iz bo’shlig’ini yuvish, chayish. Ushbu ingredient tish milkini bezovta qiladigan va tish milki kasalliklarini keltirib chiqaradigan blyashka (tish toshlari) bakteriyalarini o'ldiradi.
Xlorgeksidin blyashkaga (tish toshlari) yopishadi va bakteriyalarni atigi 30 soniya ichida o'ldiradi. Og'iz bo’shlig’ini yuvish, chayish vositasi shuningdek, tish va tish milki atrofida himoya qatlami hosil qiladi, bu foydalanishdan keyin 12 soatgacha bakteriyalarni uzoqlashtiradi, og'zingizni toza tutadi va yallig'lanish va qon ketishini kamaytiradi.
Qo’llash bo’yicha ko'rsatmalar:
Gigienik mahsulot sifatida u quyidagilar uchun ishlatiladi:
-Tish go'shtining (milkining) qon ketishi va yallig'lanishi bilan kechadigan tish milki kasalliklarining o'tkir bosqichlarida foydalanish uchun mo'ljallangan,
-Tishlarni tish cho'tkasi bilan yuvishdan ko'ra 3 barobar samaraliroq blyashka (tish toshlari) ketkazadi,
-Antibakterial ta'sirga ega.
-Blyashka miqdorini samarali ravishda kamaytiradi,
-Ta'sir qilish muddati 12 soatgacha,
-Kariesning kundalik profilaktikasi.
Qo'llash usuli va dozalari:
Tish cho'tkasi va ipi bilan birga har kuni og'iz yuvish vositasidan foydalanish lozim. O'lchov qopqog'ini 10 ml belgisigacha og’iz bo’shlig’i yuvish vositasi bilan to'ldiring. Tishlaringizni yuvgandan keyin kuniga ikki marta og'zingizni 1 daqiqa davomida yuving. Agar biron bir noqulaylik paydo bo'lsa, yuvish vositasini 1:1 nisbatda iliq suv bilan suyultirish tavsiya etiladi.
Og’iz bo’shlig’i yuvish vositasini yutib yubormang. Foydalanishdan keyin og'zingizni suv bilan yuvmang.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar:
6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun tavsiya etilmaydi.
Nojo’ya ta’sirlari:
Agar to’gri saqlangan, to'g'ri tashilgan va foydalanish bo'yicha ko'rsatmalarga to’g’ri rioya qilingan bo'lsa, nojo'ya ta'sirlar sodir bo'lmaydi.
Chiqarish shakli va qadoqlash:
Og’iz bo’shlig’i yuvish vositasi flakonlarda 200 ml eritma shaklida. Har bir flakon foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar bilan birga karton qutiga joylashtirilgan.
Maxsus ko'rsatmalar:
Yutmang! Belgilangan dozadan oshib ketmang! 4 haftadan ortiq foydalanmang!
Gigiyenik vosita. Dori vositasi emas!
Saqlash sharoitlari:
25º C dan yuqori bo'lmagan haroratda, bolalar qo'li yetmaydigan, yorug’likdan himoyalangan joyda saqlansin! To'g'ridan-to'g'ri quyosh nuriga uzoq vaqt ta'sir qilishdan saqlash kerak. Eritmaning antibakterial faolligi faqat saqlash shartlari bajarilgan taqdirda kafolatlanadi.
Yaroqlilik muddati:
3 yil. Yaroqlilik muddati o'tganidan keyin foydalanilmasin.
Ishlab chiqaruvchi:
ООО «FARM FORMAT» O'zbekiston, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy ko’chasi 324-uy.
Тел: +998 71 248 73 10
quyidagi buyurtma asosida
ООО «M-DENTELLA» O'zbekiston, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Oltinsoy ko’chasi, 7-A uy.
Тел: +998 93 531 34 10

