Ushbu kitob hayotiy tajribalardan, ibratli voqealardan va teran boquvchi dono ko‘zlardan ilhom olgan holda yozildi. Har sahifasi, hatto har bir satri chin dildan ishongan holda hamda sizga biror manfaat yetkazishiga umid qilgan maqsadda bitildi. Kitobni maroq bilan o‘qishingizni tilayman. Asardan biror foyda olsangiz, ozgina bo‘lsin ko‘nglizga iliqlik kirsa, shuning o‘zi katta baxt.



