Darslar va hikmatlar hayotiy tajribalarning yig'indisidir.
Har bir inson o'z farzandiga, yaqinlariga hayotda adashmasliklari uchun saboq beradi. Dars va hikmat insonning yaxshi fazilatlarini oshiradi, yomonlikdan qaytaradi.
Ota-bobolarimiz Alloh taolo insonga bir-birlariga yaxshilik qiladigan, hidoyatni oshiradigan, yomonlikdan saqlaydigan hikmatdan qimmatli ne’mat bermaganligini aytishgan.
Bu kitobda muhtaram o‘quvchi uchun buyuk allomalar, adabiyotshunoslar va shoirlarning hikmatlaridan saralangan saboqlar jamlangan. Umid qilamizki, bu saboqlar farzandlarimizning ma’naviy barkamollikka erishishida yordam beradi.

