O‘g‘il bolalar uchun zamonaviy 2 qismli sport kiyim to‘plami. Kurtkaning old qismi plashovka matodan tayyorlangan bo‘lib, shamol va salqin havodan himoya qiladi. Ranglarning uyg‘unligi hamda zamonaviy dizayni kiyimga chiroyli va jozibali ko‘rinish beradi. Fermuarli kurtka va qulay sport shimi bolaning erkin harakatlanishini ta’minlaydi. Kundalik foydalanish, sayr, bog‘cha, maktab va faol dam olish uchun mos. Sifatli matodan tikilgan bo‘lib, yengil, qulay va amaliy tanlov hisoblanadi.

