- Yuqori sifatli va xavfsiz material:
- Svitshot 100% tabiiy va yumshoq paxta matosidan tikilgan. Bolalarning nozik terisiga umuman noqulaylik tug‘dirmaydi, allergik reaksiya chaqirmaydi va nafas oluvchi xususiyatga ega. Bolangiz kun boyi faol harakat qilganda ham terlamaydi va o‘zini erkin his qiladi.
- Yorqin va sevimli printlar:
- Koftadagi O‘rgimchak-odam (Spider-Man), Betmen (Batman), Supermen va Kapitan Amerika piktogrammalari bolalarga quvonch va o‘ziga bo‘lgan ishonchni bag‘ishlaydi. Maxsus zamonaviy bosma texnologiyasi sababli printlar ko‘p marotaba yuvilganda ham ko‘chib ketmaydi va rangini yo‘qotmaydi.
- Mukammal bichim va qulaylik:
- Uzun yenglaridagi va yoqasidagi yumshoq elastik mansjetlar shamoldan hitiyot qiladi hamda kiyimning tanaga chiroyli va qulay o‘tirishini ta’minlaydi. Erkin bichim harakatlanishga xalaqit bermaydi — bog‘chaga, sayrga, bayramlarga va uyda kiyish uchun juda mos keladi.
- Kuz-bahor va qish mevsimi uchun ideal:
- Ushbu koftani mustaqil ravishda yoki salqin kunlarda kurtka va nimchalar ostidan kiyish juda qulay.
Parvarish bo‘yicha tavsiyalar:
- 30°C darajadan yuqori bo‘lmagan haroratda nozik (delikat) rejimda yuvish tavsiya etiladi.
- Svitshotni ters tomonga o‘girib yuvish va dazmollash printlarning uzoq vaqt yangidek saqlanishini ta'minlaydi.
- Oqartiruvchi vositalardan foydalanmang.


