• Anatomik qo‘llab-quvvatlovchi baland setkali orqa tayanch.
• Sozlanadigan bosh tayanchi va podlokotniklar.
ERGO Air Ultra HB Gray — bu qulaylik, sog‘liq va uslubga urg‘u berilgan zamonaviy ofis kreslosi. Model ish joyida uzoq vaqt o‘tiradigan va bel hamda bo‘yin uchun maksimal tayanchga muhtoj bo‘lgan foydalanuvchilar uchun ishlab chiqilgan.
Yuqori balandlikdagi anatomik egilishga ega setkali orqa tayanch va integratsiyalashgan bosh tayanchi umurtqa pog‘onasini ishonchli qo‘llab-quvvatlaydi, to‘g‘ri qomatni shakllantiradi va mushak zo‘riqishini kamaytirishga yordam beradi. Nafas oluvchi setka tabiiy shamollatishni ta’minlab, ortiqcha qizishni oldini oladi va butun kun davomida qulaylik yaratadi.
Kreslo o‘rindig‘i zich va chidamli materialdan tayyorlangan bo‘lib, oldingi qismi ergonomik shaklga ega — bu sonlarga tushadigan bosimni kamaytiradi. Yumshoq va sozlanadigan podlokotniklar yelkaga tushadigan zo‘riqishni kamaytiradi.
Sinxron chayqalish mexanizmi (bir nechta pozitsiyalarda fiksatsiya qilish imkoniyati) va o‘rindiq balandligini sozlash funksiyasi kresloni foydalanuvchiga mukammal darajada moslashtiradi.

