Dunyoning eng mashhur futbolchisi, bir necha bor "Oltin to‘p" sohibi, Portugaliya terma jamoasining eng yaxshi to‘purari va eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi haqida kitob.Madeyra orolining eng qashshoq hududidan bo‘lgan oddiy bola qanday qilib bunday yuksaklikka erishdi? "Mukammallikka yo‘g‘rilgan" - bu muvaffaqiyat, kurash va haqli g‘alabalar hikoyasi. Har bir bob Krishtianu Ronalduni yangi tomondan kashf etadi. Bu sportda va kundalik hayotda har doim istagan narsasiga erishadigan insonning tarjimai holi. Bu kitob Krishtianu Ronaldu haqida qulog‘ining bir cheti bilan eshitgan barchani qiziqtiradi. Zamonaviy futbol ma’budining hikoyasi ham muxlislarni, ham nostandart tarjimayi hol ixlosmandlarini, kuchli, o‘ziga ishongan va iqtidorli odamlarni hayratda qoldiradi. Kitobni yozishda Luka Kayoli Ronalduning qarindoshlari va yaqinlari, murabbiylar, shifokorlar va sport jurnalistlaridan intervyu olib, Krishtianuga hayotining turli bosqichlarida va faoliyatida hamroh bo‘lgan odamlarning xotiralarini to‘pladi.




