Tarbiya eng qadimiy va abadiy ijtimoiy-madaniy hodisadir. U insonning insoniyligini, shaxs va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan muhim qadriyatdir. Insoniy tarbiya bo‘lmasa, inson hayvonot dunyosidan farq qilmaydi. Busiz inson ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo‘la olmaydi. Shuning uchun ham barcha davrlarda tarbiya inson va jamiyatning asosiy zaruriy belgisi hisoblangan.

