Ko'plab odamlar ruhiy buzilishni zaiflik sifatida
baholab, psixiatrga murojaat qilishdan uyalishadi.
Holbuki, tadqiqotlarga ko'ra, jamiyatda har to'rt
kishidan biri turli xil fobiya yoki ruhiy bezovtalikni
boshdan kechiradi.
Eng keng tarqalgan ruhiy holatlardan biri
obsessiyadir.
U inson xohishidan tashqari paydo bo'ladigan,
takrorlanuvchi va tinch qo'ymaydigan fikr yoki
xayollar asnosida namoyon bo'ladi.
Obsessiya ongni charchatadi, hayot sifatiga ta'sir
qiladi, ammo ko'pincha anglanmaydi yoki inkor
etiladi.
Aslida esa obsessiya davolanishi lozim.
Mutaxassisga murojaat qilish zaiflik emas, balki
ong salomatligi uchun qo'yilgan muhim qadamdir.

